O‘zbekiston | 12:10 / 25.12.2020
2931
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 26 mln donadan oshdi

O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 437 163tani tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 036taga yoki 17 foizga oshgan.

O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 11 621ta bo‘lib, bu o‘tgan yilning 1 dekabr holatiga nisbatan 2 912taga yoki 33 foizga oshgan.

Muomaladagi bank kartalari soni esa 26 mln.dan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln. donaga ko‘paydi.

Mavzuga oid