Toşkent xalqaro aeroportida uçib keliş terminali va unga tutaş hududni rekonstruksiya qiliş işlari davom etmoqda. Özgarişlar, birinçi navbatda, yölovçilar va ularni kutib oluvçilar uçun yanada qulay şaroit yaratiş, şuningdek, taksi xizmatlari körsatişni tartibga solişga qaratilgan.

Loyihada bino fasadini kengaytiriş bilan bir qatorda, qöşimça avtomobillar uçun yöl quriş ham közda tutilgan. Birinçi qatordagi (hozirda mavjud) yöl faqat turistik avtobuslar va aeroportning rasmiy taksilari kirişi uçun möljallangan. Bu yölak faqat premium segmentidagi avtomobillar uçun emas. Bir neçta litsenziyalangan taksi operatorlari kimoşdi savdosi orqali taksi xizmatlarini körsatiş huquqiga ega böladi. Ular öz navbatida yölovçilarga turli narx toifalarida - budjet, komfort va biznes-klassgaça taksi xizmatlarini taqdim etişi közda tutilgan. Uşbu yondaşuv taksi xizmatlari uçun adolatli muhitni yaratişga yordam beradi va yölovçilar uçun sayohatlarni arzonlaştiradi.

Ikkinçi qatordagi avtomobil yölagi esa kutib oluvçilar va taksi agregatorlari avtomobillari uçun oçiq böladi. Tirbandliklar oldini oliş uçun vaqt çegarasi joriy etiladi: yölakda 10 daqiqadan köproq vaqt davomida töxtaş mumkin bölmaydi. Nazoratni amalga oşiriş uçun yölakka Içki işlar vazirligi tizimi bilan integratsiyalaşgan videokuzatuv kameralari örnatiladi. Bu kameralar yölakda turiş muddatining oşib ketişini qayd etadi va qoidabuzarga avtomatik ravişda jarima yuboradi. Uçib ketiş terminalidagi avtomobillar yölagi ham xuddi şunday tizimda işlaydi.

"Uçib keliş hududidagi bugungi vaziyatni qoniqarli deb bölmaydi: istalgança taşlab ketilgan avtomobillar, noqonuniy taşuvçilar va doimiy tirbandlik yölovçilar va ularni kutib oluvçilar uçun jiddiy noqulayliklar tuğdirmoqda. Biz buni tan olamiz va öz navbatida vaziyatni yaxşilaş uçun barça çoralarni körmoqdamiz. Biz, tartibni tiklaş, transport oqimini nazorat qiliş va xizmat körsatiş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdamiz. Mazkur özgarişlar aeroportning poytaxt aholisi uçun ham, xorijlik mehmonlar uçun ham qulay va xavfsiz bölişiga olib keladi”, - deya izoh berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.

Rekonstruksiya işlari aeroport faoliyati töxtatilmasdan amalga oşirilayotgani sababli jarayon ikki bosqiçga bölingan. Birinçi bosqiçda joriy yilning oktyabr oyi oxiriga qadar avtomobillar yölagi va 330 ta avtomobilga möljallangan, jumladan, tez quvvatlantiriş şoxobçalari joylaşgan avtoturargoh foydalanişga topşiriladi. Ikkinçi bosqiçda uçib ketiş hamda uçib keliş terminallarini birlaştiriş va quriliş texnikasi kirişi uçun qoldirilgan yölak hisobiga kiriş yöllarini kengaytiriş va uzaytiriş rejalaştirilgan.