Yigit yarim tunda bankomat oldiga borib, uni toş bilan oçişga uringan. Biroq buning uddasidan çiqolmagan va voqea joyidan yaşirgan. U soxta treyderning pul köpaytirib beriş haqidagi yolğoniga işonib, birovlardan 10 mln söm qarz bölib qolgani uçun şu işga qöl urganini aytgan.
Toşkent şahrining Çilonzor tumanida bankomatdan pul öğirlamoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, soat tungi 2:30 lar atrofida noma’lum şaxs Çilonzor tumani hududida örnatilgan bankomatni oçib, içidagi pullarni öğirlab ketmoqçi bölgan. Buning uçun u dastlab bankomat atrofida aylanib, vaziyatni örgangan. Heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç, bankomatni buzişga kirişgan: yerdan toş olib, temir qutini urgan holda içini oçmoqçi bölgan.
Biroq yigit pullarni olişga har qança harakat qilmasin, buning uddasidan çiqolmagan. U bankomat qutisini buzgan, ammo quti içidagi seyfni oçolmagan. Söngra voqea joyidan yaşiringan. Gumonlanuvçi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qölga olingan.
“Treyderning pulni köpaytirib berişiga işongan holda 10 mln söm qarz olib, yutqazib qöydim. Qarzlarimni tölaş maqsadida şu işni qilgandim. Oldimdan bankomat çiqib qoldi, pullarini olmoqçi böldim. Oldini oçdim, içida kattaroq seyf bor ekan. Harakat qilib kördim, ammo seyfni oçolmasligimni bildim”, degan yigit.
U qilgan işidan puşaymonda ekanini aytib, keçirim söragan.
Şu kuni seyf içida 552 mln 400 ming söm mablağ saqlanayotgan bölgan. Bankomatga yetkazilgan zarar esa 30 mln sömni taşkil qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va yigitga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











