Samarqandda «yashil» bo‘lgan tumanda nazorat kuchaytirildi
Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilishi mumkin. Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ushbu tumanda kuchaytirilgan reyd tabdirlari o‘tkazilgani haqida video e'lon qildi.
Qayd etish kerakki, respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra Urgut tumani «yashil» hudud sifatida qayd etilgan. Ammo so‘nggi kunlarda ushbu hududda karantin choralari kuchaytirilishi ushbu hududda aholi orasida yangi kasallanish holati aniqlangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Samarqand viloyatida 22 may kuni 24 kishida koronavirus aniqlangandi, 25 may kuni yana 5 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.
Shu vaqtgacha viloyatda jami 338 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 247 nafari tuzalgan va bir kishi virus sabab vafot etgan. Samarqand viloyati Toshkent shahri hamda Navoiy viloyati qatorida kasallik eng ko‘p aniqlanayotgan hududlardan bo‘lib turibdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, 500 mingdan oshiq kishi istiqomat qiladigan Urgut tumanida 24 may kuni odamlar to‘planishining oldini olish maqsadida barcha oziq-ovqat do‘konlari ham yopildi. 25 may kunidan oziq-ovqat do‘konlari faoliyatiga ruxsat berilgan. Tuman markazida va qishloqlar orasida blokpostlar tashkil etilib, har bir mashina tekshirilmoqda hamda dezinfeksiya qilinmoqda.
Oldinroq Samarqand viloyatining Payariq tumaniga, shuningdek, Past Darg‘om tumani markazi Juma shahriga kirish va chiqish cheklangandi. Odamlar orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlangani sabab viloyatda karantin cheklovlari kuchaytirilgan. Ayniqsa Samarqand shahri, Toyloq, Oqdaryo, Payariq, Past Darg‘om va endilikda Urgut tumanlarida nazorat kuchaygan. Ko‘chalar, karantindagi uylar atrofi doimiy dezinfeksiya qilinmoqda. Karantinga olingan uylarning oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan. Samarqand shahrida 25ta mobil reyd guruhlari ishlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda har qanday avtomobil harakati cheklangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, ammo viloyatda stiker va maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar harakati davom ettirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, har bir mashina nazorat qilinib, «qizil» toifadagi hududlarda ular dezinfeksiya qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 07:45
-
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Sport | 07:43
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

12:31 / 08.04.2025