Samarqand viloyati YHXB taksi yölovçilari eşitiş qobiliyati zaif haydovçini tahqirlagani aks etgan video yuzasidan aniqlik kiritib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini mensimagan va buni tasvirga olib mayda bezorilik sodir etgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi belgilangani haqida xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, aslida rul boşqaruvida kar haydovçi bölmagan. 

«Uç nafar şovvoz özini köz-köz qilib, video videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining örinli e’tirozlariga sabab bölgan», deyiladi xabarda.

Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida huquqbuzarlar topilib, ularning işi jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida körib çiqildi.

Uşbu holat yuzasidan avtomaşina boşqargan haydovçiga nisbatan 8 sutka, içida bölgan ikki nafar yölovçilarga nisbatan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Olib borilgan suriştiruv işlari davomida uşbu avtoulovni boşqargan haydovçining hali haydovçilik guvohnomasiga ega emasligi, ya’ni transport vositasini me’yoriy hujjatlarsiz boşqargani aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi (yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomobil vaqtinçalik jarima maydonçasiga olib kelib qöyildi.