O‘zbekiston | 09:41 / 03.04.2026
4388
1 daqiqa o‘qiladi

Begona nomdagi raqam bilan mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish cheklanadi

22 apreldan boshlab mobil ilovalardan foydalanish uchun telefon raqami foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga mos bo‘lishi shart qilib belgilanmoqda.

Foto: iStock

Yangi tartibga ko‘ra, mobil ilovalardan foydalanuvchining telefon raqami uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bilan muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda, ilovaga ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasini biriktirish imkoni berilmaydi.

Mos kelmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, foydalanuvchiga bu haqda SMS-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Shuningdek, hozirda mobil ilovalar yoki bank kartalariga biriktirilgan raqam o‘z nomingizda bo‘lmasa, belgilangan muddatdan so‘ng ushbu raqam orqali xizmatlardan foydalanish cheklanadi.

Mutaxassislar fuqarolarga raqamlarni o‘z nomiga rasmiylashtirish yoki ilovalar va bank kartalarini shaxsiy raqamga qayta biriktirishni tavsiya qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid