Sönggi kunlarda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli nomlar bilan yuborilayotgan APK fayllar orqali foydalanuvçilarni aldaş holatlari kuzatilmoqda. Bunday fayllar qurilmaga örnatilganidan söng şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaşi, akkauntlarga ruxsatsiz kirişi yoki telefondagi moliyaviy ilovalar xavfsizligiga tahdid solişi mumkin, deb xabar berdi Özkomnazorat.
Ogohlantirişda qayd etilişiça, ayniqsa “Bayramga taklifnoma”, “Sening rasmlaring”, “Sud çaqiruvi” kabi qiziqiş uyğotadigan nomlar ostida yuborilayotgan fayllarga nisbatan ehtiyotkor böliş lozim. Fayl manbasi işonçli bölmasa, uni oçiş va örnatiş tavsiya etilmaydi.
Agar şubhali ilova qurilmangizga örnatib yuborilgan bölsa, mutaxassislar quyidagi çoralarni körişni tavsiya qiladi:
🔵 internetni öçiring yoki telefonni parvoz rejimiga ötkazing;
🔵 telefon sozlamalari orqali şubhali ilovani darhol öçirib taşlang;
🔵 muammo saqlansa, qurilmani tekşiriş uçun mutaxassisga murojaat qiling.
Şuningdek, foydalanuvçilarga telefon xavfsizligini ta’minlaş maqsadida faqat rasmiy manbalardan ilova yuklab oliş, noma’lum havolalar orqali kelgan fayllarni oçmaslik va qurilmada xavfsizlik sozlamalarini doimiy ravişda nazorat qilib boriş tavsiya etildi.
Ta’kidlanişiça, har qanday APK fayl xavfli bölişi mumkin.

















