Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
Bekatlar yirik lotlarda auksionga chiqarilgan, g‘oliblar 6 yillik ijara huquqini qo‘lga kiritgan. Ular bekatga reklama o‘rnatishdan foyda ko‘radi. Shahar hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyevning aytishicha, tadbirkorlar qator majburiyatlarni olgan: bekatda kamera, favqulodda holatlar uchun “SOS” tugma, yoritish qurilmalari, imkoniyati cheklanganlarga maxsus plitka va panduslarni o‘rnatish shular jumlasidan.
Toshkent shahrida avtobus bekatlarini yangilash dasturi doirasida 460 ta avtobus bekati auksion orqali tadbirkorlarga ijaraga berildi, deya ma’lum qildi shahar hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev 12 mart kungi matbuot anjumanida.
“Bekatlar yirik lotlarga ajratilib, 6 yil muddatga ijaraga berildi. Bitta-bitta bekat qilib sotilmaydi. Sababi, ayrim bekatlarimiz yaxshi joyda, ayrim bekatlarimiz yomon joyda joylashgan. Investorga, tadbirkorga qiziq joyi – bu reklama o‘rnatish. Auksionda qatnashib, pulini chiqarib olishning yo‘li – shu reklama”, – dedi u.
Oxirgi haftalarda noqonuniy deya buzib tashlangan ko‘plab do‘konli bekatlarda do‘kondorlar tomonidan konditsioner o‘rnatilgan edi. Yangi bekatlar esa ochiq muhit qilib loyihalangan. Hokim o‘rinbosari bu haqdagi savolga javoban asosiy masala avtobuslar intervalida ekanini aytdi.
“Juda ko‘p davlat tajribasi o‘rganildi. Aslida biz bekatni qulay qilishni emas, avtobusni tezroq qulay qilish, vaqtida kelishini o‘ylashimiz kerak. Shu 30-40 daqiqa emas, uncha ancha qisqaroq bo‘lishiga erishish uchun harakat qilishimiz kerak. Bekatni qulay qilsak, “avtobus bemalol kelaversa bo‘ladi, buyoqda bekatda kutib o‘tiradi”, degan g‘oyadan qochishimiz kerak. Lekin shu bekatda kamida yomg‘ir, qor tushmasligi kerak, issiq kunlarda soya bo‘lishi kerak”, – deydi u.
Baxtiyevning qo‘shimcha qilishicha, bekatlarni ijaraga olgan tadbirkorlarga kamera, favqulodda holatlar uchun “SOS” tugma, yoritish qurilmalari, imkoniyati cheklanganlarga maxsus plitka va panduslarni o‘rnatish sharti qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026