Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uy-joy qurishga ruxsat olib berish uchun 900 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Foto: Videodan kadr
Fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati Call-markaziga murojaat qilib, 2 nafar shaxs o‘zining hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali Sergeli tumanida joylashgan MChJga tegishli 1 gektar yer maydonining toifasini o‘zgartirib, u yerda ko‘p qavatli uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga 900 ming AQSh dollari talab qilganini aytgan.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish niyatida bo‘lgan “uddaburon”lar oldindan 220 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
14:53 / 22.12.2025
“Ukrainskaya pravda”: Timur Mindich Isroilda
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
17:59 / 14.12.2025