Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Bulunğur tumanida yaşovçi, 1996 va 1997 yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs Tojikistondan 79 kg 358 gr “opiy” moddasini kontrabanda yöli bilan mamlakat hududiga olib kirib, kelgusida sotiş maqsadida xufiya joyga yaşirib qöygani aniqlandi. Uşbu giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 1996 yilda tuğilgan qonunbuzarning körsatmasi asosida muqaddam dala maydoniga yaşirib qöyilgan 1 kg 953 gr “metamfetamin” sintetik narkotik moddasi ham musodara qilindi.
Boşqa holat Surxondaryo viloyatida qayd etildi. Ma’lum qilinişiça, Uzun tumanida yaşovçi 1994 va 1997 yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs hamda Tojikistonning Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvçi 1997 yilda tuğilgan Tojikiston fuqarosi davlat çegarasini buzgan holda 30 kg 357 gr “opiy” moddasini mamlakatimiz hududiga olib ötayotgan vaqtda Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan qölga olingan.
Aniqlanişiça, ular uşbu giyohvandlik vositasini tojikistonlik narkosavdogarga tegişli ekani aytilgan “yuk” sifatida ma’lum bir haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berişlari kerak bölgan. Tezkor tadbir davomida mazkur giyohvandlik vositasining buyurtmaçisi sifatida körsatilgan, Denov şahrida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan şaxs ham qölga olingan.
Hozirda har ikki holat böyiça Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qonunbuzarlarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

















