O‘zbekiston | 11:40 / 05.08.2023
51824
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 7-9 avgust kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+21 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi 7 avgustda +33...+38 daraja, 8-9 avgustda +30...+35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 7 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, 7-8 avgustda +30...+35 daraja, 9 avgustda kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 7 avgustda +33...+38 daraja, 8-9 avgustda +31...+36 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 7-8 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 9 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, 7 avgustda kechasi +28...+33 daraja, 8-9 avgustda kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 7-8 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 7 avgustda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9 avgust yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi 7-8 avgustda +20...+25 daraja, 9 avgustda +23...+28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid