O‘zbekiston | 12:21 / 09.05.2026
8019
2 daqiqa o‘qiladi

MJtK butkul qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Prezident farmoyishiga asosan, bu bilan shug‘ullanuvchi Idoralararo komissiya va Adliya vazirligida ishchi guruh tuzildi.

Foto: ejarima.uz

Farmoyishga ko‘ra, yangi tahrirdagi MJtK loyihasi 2027 yil 1 aprelgacha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi hamda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazgan holda ko‘rib chiqish uchun Administratsiyaga kiritilishi kerak.

MJtKni yangilash jarayonida ma’muriy huquqbuzarliklar zamonaviy shart-sharoitlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqiladi, shu jumladan, ahamiyatini yo‘qotgan huquqbuzarliklar bekor qilinib, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va jamiyat manfaatlariga, qonuniylik va huquq-tartibotga tahdid solayotgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari takomillashtiriladi va yangilari kiritiladi.

Adliya vazirligidagi ishchi guruhga vazirning birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov boshchilik qiladi. U yetak mutaxassis va olimlarni ishchi guruh tarkibiga kiritish huquqiga ega.

Ishchi guruh yangi MJtKni ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajriba, umume’tirof etilgan norma va standartlarni o‘rganib chiqadi.

Ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid