O‘zbekiston | 18:30 / 21.04.2026
1537
2 daqiqa o‘qiladi

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun mansabdor shaxs javobgarligi kuchaytiriladi

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi mumkinligi belgilandi.

Foto: iStock

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat joylari, omborxona binolari, yotoqxona va turar joylarda, shuningdek tegishli obektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Jumladan, fuqarolarga BHM 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga BHM 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda mansabdor shaxslarga BHM 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli ekanligi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur jarima miqdori BHM 20 baravari etib belgilangan.

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi mumkinligi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid