Jamiyat | 13:46 / 18.03.2017
6667
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar uchun eksport-importga ruxsat beruvchi jarayonlar elektronlashtiriladi

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida Uzmobile milliy operatori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Uzmobile abonentlariga internet tarmog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali (gov.uz), shuningdek barcha davlat organlari saytlaridan bepul ulanish imkoniyatini yaratdi.

Aholini mazkur qulayliklardan keng xabardor qilish maqsadida, 2017 yilning 18 mart kun jamoatchilik vakillari uchun brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, 2017 yilda aholi turmush tarzini qulay bo‘lishiga xizmat qiladigan 50 dan ziyod muhim xizmatlar interaktiv shaklga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlar uchun eksport-importga ruxsat beruvchi jarayonlar elektronlashtiriladi. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra, Yagona portalga 308 turdagi interaktiv xizmat joriy qilingan. Fevral oyi holatida portal orqali davlat idoralariga qilingan murojaatlar soni 1 million marotabadan oshgan. Shuningdek, qayd etilishicha, bugungi kunga kelib 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tizimidagi muassasalar portal orqali elektron xizmat ko‘rsatmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturigi maqsad-vazifalarni amalga oshirish, jumladan aholining davlat idoralari interaktiv xizmatlaridan samarali foydalanishini ta'minlash maqsadida, Uzmobile milliy operatorining abonentlariga yaratib bergan hukumat portallari va barcha davlat saytlari, shuningdek Kommunal xizmatlar portali (e-kommunal.uz), Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz), Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)dan bepul internet asosida foydalanish qulayligi fuqarolar va hukumat, davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid