Özbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan joriy yilning 22 fevral kuni Özbekiston Respublikasi IIV Interpol byurosi anjumanlar zalida «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari davom etayotgan jinoyat işi» böyiça brifing taşkil etildi. Unda vazirlik huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va mas'ul xodimlari, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdi.
«Işonuvçanligim pand berdi» — Yana bir xususiy bandlik agentligi yuzlab odamlarni çuv tuşirdi
Tergovda aniqlanişiça, Qahramon Rahimoviç Otaqulov, Odil Isroiloviç Kabilov, Xuşvaqt Öroqoviç Turdiyev, Musulmon Ergaşeviç Aliqulov, Örol Abduraşidoviç Xalmonov, Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu va boşqalar jinoiy til biriktirişib, «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJni taşkil etişib, 2019 yil 4 yanvar kuni fuqarolarini xorijda işga joylaştirişga kömaklaşiş bilan şuğullanişga litsenziya olib, jamiyatga murojaat qilgan fuqarolarni 3 oy içida Janubiy Koreya davlatiga işga yuborişni va'da qilişib, ular bilan soxta şartnoma tuzib, tölov kvitansiyalarni soxtalaştirib tayyorlab, fuqarolarning juda köp miqdordagi pullarini ATB «Turonbank» Çilonzor filialidagi hisob raqamiga tölov qildirib hamda özlariga naqd körinişda qabul qilib, şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborişgan.
Jabrlangan fuqarolar 2 385 nafar bölib, ularga yetkazilgan jami zarar 24,8 mlrd sömni taşkil etadi.
Jabrlanuvçilarga yetkazilgan umumiy zararning 7,6 mlrd sömi naqd pul körinişida undirilib, 3,7 mlrd sömi mol-mulklarni aniqlaş va xatlaş çoralari körilgan.
Jinoyat işi qözğatilişidan avval jabrlanuvçilarga qaytarilgan mablağ 2,86 mlrd sömni taşkil etgan.
Iş böyiça ayblanuvçilar Q.Otaqulov, O.Qobilov, X.Turdiyev, M.Aliqulov, A.Şamsiddinov, O.Jörayev va Kang Namkyu qamoqda saqlanmoqda. Iş böyiça yana bir ayblanuvçi U.Xalmonov tergovdan yaşiringani bois, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar qoplaş masalasi sud hukmi e'lon qilingandan söng hal etilişi ma'lum qilingan.












