Jamiyat | 19:06 / 18.07.2020
4858
1 daqiqa o‘qiladi

«Mahalla» telekanalida viloyat hokimlari, mahalliy hokimiyat rahbarlari ishtirokidagi brifinglar efirga uzatiladi

20 iyuldan «Mahalla» telekanalida har kuni viloyat hokimlari, mahalliy hokimiyat rahbarlari ishtirokidagi brifinglar efirga uzatiladi.

Foto: Getty Images

Mazkur tadbirlarda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududlardagi epidemiologik vaziyat va uni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi.

Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar “Mahalla” telekanalini “Feysbuk”dagi sahifasida quyidagi havola orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi: https://www.facebook.com/MAHALLA.TV/

 Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kungi videoselektor yig‘ilishida hokimlar ijtimoiy tarmoqlardan tushgan savollarga har kuni javob berishi to‘g‘risida topshiriq bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid