Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti tashkil etiladi
Foto: iStock
Prezidentning “Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining quyidagi taklifiga rozilik beriladi:
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)”, “Dizayn” yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultet negizida Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti tashkil etish.
Quyidagilar universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, marketing sohalari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritadigan, chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
- nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining ta’lim dasturlari asosida yuksak zamonaviy kasbiy bilim va malakaga ega bo‘lgan, xalqaro miqyosda raqobatbardosh, istiqbolli kadrlarni tayyorlash;
- yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini tashkil etish;
- o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tashda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda ularning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
- ta’lim bilan ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirish maqsadida soha korxonalarida talabalarning malakaviy amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish, mazkur korxonalarda kafedra filiallari hamda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini tashkil etish;
- tadqiqotchi olimlar ishtirokida ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarda dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, marketing sohalarida amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borish metodikasi va amaliyotiga o‘rgatishni tashkillashtirish;
- ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish;
- mamlakat va xorijiy tashkilotlarning, shu jumladan ilmiy va ta’lim muassasalari buyurtmanomalari asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini ta’minlash;
- oliy ta’lim tizimida dual ta’lim tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish asosida, uni rivojlantirish va talabalar bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
- ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali talabalarni ish bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish va ko‘maklashish;
- o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
- malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, universitet mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi bilan hamkorlikda 2022 yil 1 sentabrga qadar universitet tasarrufida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “O‘zbek modasini rivojlantirish markazi”ni tashkil etadi.
Belgilanishicha:
- universitet oliy ta’lim sohasidagi davlat muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muassisligida faoliyat yuritadi;
- universitetda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi;
- universitetda asosan xotin-qizlarning ta’lim olishlari ta’minlanadi;
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Formali kiyimlarni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya, “Libos dizayni”, va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” hamda Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultet kafedralari o‘quv laboratoriyalari operativ boshqaruv huquqi asosida universitetga o‘tkaziladi;
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultetda ta’lim olayotgan talabalar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qishni davom ettiradi;
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi), Dizayn yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qabul jarayoni amalga oshirilmaydi. Amaldagi talabalar universitetning tegishli ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettiradi.
Mavzuga oid
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
16:15 / 13.12.2025