Nizomga köra, moliyaviy qöllab-quvvatlaş 30 yoşdan oşmagan (şu jumladan, 30 yoşdagilar ham) yoşlar hamda pedagog xodimlarga ajratiladi. Bunda ular QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari böyiça TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qilingan hamda Özbekiston fuqarosi bölişi lozim.

Mablağ bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil oliş uçun ajratiladi. Bir öquv yili uçun 20 ming AQŞ dollarigaça bölgan ekvivalentda mablağ milliy valutada beriladi.

Ajratilgan mablağning asosiy qarzi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng 7-oydan boşlab 7 yil davomida qaytariladi.

Moliyaviy qöllab-quvvatlaşni oliş uçun bankka murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza, şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar nusxasi, 1-kurslar uçun taklifnoma-xat, 2-kursdan boşlab akademik özlaştiriş natijalari, tölov-kontrakt şartnomasi hamda oliy ta’lim taşkilotining bank rekvizitlari körsatilgan invoys, birgalikda qarz oluvçilarning sönggi 12 oylik daromadlari haqida ma’lumot, şuningdek 30 yoşdan oşgan pedagoglar uçun mehnat daftarçasidan köçirma.

Mazkur mablağlar böyiça stavka Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.