Sport | 18:35 / 18.08.2016
68689
3 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada tarixidan qiziqarli faktlar

Afinada 1896 yili o‘tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiada o‘yinlarida birinchi o‘rinni egallagan atletlar lavr bargi va kumush medallar bilan taqdirlanganlar. Qizig‘i, ikkinchi o‘rin egalariga bronza medallari topshirilgan bo‘lib, uchinchi o‘rin sohiblariga hech qanday sovrin berilmagan.

Parij olimpiadasi

1900 yili Parijda o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar oltin medal o‘rniga suratlar bilan taqdirlangan edi. O‘sha paytlar bunday sovrin juda qimmatbaho sanalgan.

Uch o‘ringa uchta medal

Sent-Luis shahri Olipiada tarixida ilk bor birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga muvofiq holda oltin, kumush va bronza medallari taqdim etilgan   musobaqadir. Bu voqea 1904 yili bo‘lgan edi.

Olimpiada mash'alasi

Har ikki yilda Olimpiya shahrida an'anaviy grek libosiga burkangan ayollar Olimpiya o‘yinlari mash'alasini yoqadilar. Mash'ala maxsus optik qurilmalar yordamida quyosh nurlari yordamida yoqiladi. Shundan so‘ng Olimpiada ramzi bo‘lgan olov Gretsiyadan mezbon davlat tomon uzoq yo‘lga chiqadi.

Olimpiada bayrog‘idagi halqalar 

Bayroqdagi besh halqa besh qit'a: Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Amerikaning  belgisidir. Ular bir-biriga do‘stona bog‘lanib ketgan. 

Ayollar ishtiroki

Ilk bor o‘tgan Olimpia o‘yinlariga nozik hilqat vakilalari qo‘yilmagan. Biroq, tez orada ya'ni 1900 yili Parijda o‘tgan Olimpiadada har bir jamoada ayollar paydo bo‘ldi. Aytish joizki, o‘sha paytlarda tribunalarda hozirgidagidek tomoshabinlar kam bo‘lib, asosan sportchilarning o‘zi kuzatuvchi bo‘lganlar. 

Olimpia oltin medali tarkibi

Toza oltindan quyilgan olimpiada medallari sportchilarga so‘ngi bor 1912 yili Stokgolmda berilgandi. Shundan so‘nghozirgacha  yuzasiga tilla suvi yuritilgan medallar topshiriladi.

Olimpiada va televideniye 

Tomoshabinlar televideniye orqali ilk olimpiadani Berlin 1936 musobaqalarida ko‘rganlar.

Hitoy termasi 1984 yilgacha birorta ham medalga egalik qilmagan bo‘lib, Pekindagi o‘yinlarda yuzta medalga egalik chiqqan. Shulardan 51 tasi oltin medal ekanligi e'tirofga loyiq. 

Qishgi olimpiada o‘yinlariga 1924 yili asos solingan. 1994 yilgacha Yozgi va Qishgi olimpiada bahslari bir yilda o‘tkazilgan.

Elmurod ERMATOV
 

Mavzuga oid