Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bir asr oldin qatl etilgan qirolning bosh suyagini Madagaskarga qaytardi
Fransiya Madagaskarga 1897 yilda qatl etilgan qirol Toeraning bosh suyagini qaytarib berdi. U 128 yil davomida Parijdagi muzeyda saqlangan.
Foto: Reuters
Fransiya Madagaskarga uchta bosh suyagini, jumladan, 1897 yilda fransuz mustamlakachi qo‘shinlari tomonidan boshidan judo qilingan qirol Toeraning taxminiy bosh suyagini qaytarib berdi, deb yozdi France 24.
Ushbu voqeani orol aholisi yigirma yildan ortiq kutdi, bu Fransiyaning 2023 yildagi davlat kolleksiyalarida bo‘lgan inson qoldiqlarini qaytarish to‘g‘risidagi qonunining birinchi amaliy qo‘llanishi bo‘ldi, deb ta’kidladi telekanal.
France 24 telekanaliga ko‘ra, qirol Toera XIX asr oxirida fransuz mustamlakasiga qarshilik ko‘rsatgan Madagaskarning g‘arbiy sohilidagi Sakalava etnik guruhining yetakchilaridan biri bo‘lgan. Uning omma oldida qatl etilishi oroldagi mustamlakachilik zo‘ravonligining ramziga aylangan.
Bosh suyagi Parijdagi Inson muzeyida 128 yil davomida mustamlaka davrining o‘ljalari sifatida saqlangan. Qirolning avlodlari ularni qaytarish to‘g‘risida 2003 yildayoq murojaat qilgan. Madagaskar hukumati vakillariga qoldiqlar Parijdagi Madaniyat vazirligi binosida vazirlik rahbari Rashida Dati va Madagaskar madaniyat vaziri Volamiranti Donna Mare ishtirokida o‘tkazilgan rasmiy marosimda topshirildi. Jasad qoldiqlari Madagaskarga 31 avgust kuni jo‘natilishi kerak.
Telekanalning ta’kidlashicha, Madagaskar uchun jasadlarning qaytarilishi chuqur ramziy ma’noga ega. Madagaskar prezidenti Andrey Radjoelina buni 2019 yilgi saylovoldi va’dalaridan biriga aylantirdi. Qoldiqlar 2024 yil aprel oyida qaytarilishi taxmin qilingan edi, biroq qirolning avlodlari mahalliy an’anaga ko‘ra omadsiz hisoblangan yil tanlangani tufayli bu qarorga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
14:35 / 22.12.2025