Klichko YeChL finali bo‘yicha taxmin bildirdi
Kiyev meri Vitaliy Klichko «Liverpul» va «Real Madrid» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final o‘yinida durang bo‘lishini taxmin qildi. Sobiq bokschining so‘zlari UYeFA rasmiy saytida keltirilgan.
«Durang bo‘ladi - 3:3. Gollardan bahramand bo‘lish imkoniyati aniq bo‘ladi», - degan ukrainalik siyosatchi.
Avvalroq, Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko «Real»ning 2000dan oshiq muxlisi YeChL finali uchun chiptalarni qaytarib bergani haqidagi ma'lumotni yolg‘on, deb atagandi.
Uchrashuv Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Hal qiluvchi bellashuvda Madridning «Real» va Angliyaning «Liverpul» klublari to‘qnashadi. Reglamentga ko‘ra, uchrashuv durang natija bilan tugashi mumkin emas. Agarda asosiy vaqtning 90 daqiqasi davomida g‘olib nomi aniqlanmasa, jamoalar 15 daqiqadan yana ikki bo‘lim to‘p suradi. Agar 120 daqiqadan keyin ham jamoalar o‘rtasida tenglik kuzatilsa, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandai. YeChLning amaldagi g‘olibi - Madridning «Real»i.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
15:35 / 23.07.2024
Klichko Rossiyaga hududiy yon bosish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno etmadi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024