Kiyevda 1400 tadan ortiq turar joy issiqlik ta’minotisiz qolmoqda, deb xabar qildi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko seşanba kuni, 10 fevralda Telegram orqali. “Darnitsa IEMning öta oğir şikastlanişi sabab issiqlik uzatib bölmaydigan Darnitsa va Dnipro tumanlarida 1100 tadan ortiq köp qavatli uy bor. Şuningdek, kommunal xizmatlar va energetiklar bartaraf etayotgan avariyaviy şikastlanişlar tufayli turli tumanlarda yana 200 tadan ortiq uy issiqliksiz”, — deya aniqlik kiritdi u.

Şahar rahbari Kiyev kengaşi tayyorlayotgan qarorni e’lon qildi: uruş holati amal qilgan davrda va u bekor qilingan yoki tugatilganidan keyin yana olti oy davomida generatorlar sotib oliş uçun qarzlar ajratiş rejalaştirilmoqda. “Kiyevdagi köp qavatli uylarning aksariyati avtonom elektr manbalarini tezkor xarid qiliş uçun yetarli resursga ega emas. Şuning uçun köp kvartirali uylar mulkdorlariga moliyaviy qöllab-quvvatlaşning soddalaştirilgan va tezkor mexanizmini joriy etiş haqida gap ketyapti. Aniqroği — Kiyev şahar uy-joy fondini modernizatsiya va rivojlantiriş jamğarmasi kommunal korxonasi mablağlari hisobidan generator xaridi uçun maqsadli foizsiz qarzlar beriş”, — deb tuşuntirdi Kliçko postida.

Darnitsa IEM Ukraina energetika infratuzilmasi obektlariga Rossiya hujumi çoğida, 3 fevral kuni, öta oğir zarar körgan. Ukraina OAV ma’lumotlariga köra, uni ta’mirlaşga kamida ikki oy kerak böladi. “Ukrayinski Novini” axborot agentligi bildirişiça, Darnitsa IEM tiklanmagunça Ukraina poytaxtining Darnitsa va Dnipro tumanlaridagi 1126 ta uyda issiqlik ta’minotini qayta tiklaşning iloji bölmaydi.

Qişki sovuqlar fonida Rossiya deyarli har kuni Ukrainaning energetika infratuzilmasi obektlariga zarba bermoqda. Şu sabab bir qator şaharlarda vaziyat öta jiddiy tus olgan. Xususan, 7 fevral kuni Ukraina energetika kompaniyasi DTEK Kiyevda elektr ta’minoti kuniga atigi 1,5–2 soatga berilayotganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Ukraina RFning çegaradoş Belgorod viloyati energetika infratuzilmasiga javob zarbalari bermoqda. Bu fonda Belgorodda isitiş bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan. 8 fevral kuni viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkov 455 ta köp kvartirali uyda isitiş tizimidagi suvni tökib taşlaş zarurligi haqida ma’lum qildi va maktab yoşidagi bolasi bor ota-onalarga ularni RFning boşqa hududlariga yoki qöşib olingan Qrimga yuborişni taklif etdi.

Ixtiyoriy evakuatsiya köp bolali oilalarga, nogiron farzandi bor oilalarga va yolğiz yaşaydigan pensionerlarga ham taklif etildi. Biroq ertasi kuni, 9 fevralda, Gladkov “energetiklar va issiqlik ta’minoti mutaxassislarining sa’y-harakatlari tufayli Belgorodda issiqlik qayta tiklandi”, deb e’lon qildi va özi bir kun oldin aytgan aholi toifalari böyiça “şahardan taşqariga çiqiş” haqidagi qarorlarga “bugungi kunda ehtiyoj yöq”ligini bildirdi.