Kliçkoning aytişiça, Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga muntazam zarbalari sabab mamlakat poytaxti “falokat ostonasida” turibdi. FT yozişiça, 3,5 million kiyevlik Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganidan beri eng sovuq qişni boşdan keçirmoqda. Rossiya raketa va dronlarining hujumlari minus haroratlarda elektr, issiqlik va suv ta’minotining katta kölamda vaqtinça öçirilişiga olib kelgan.
“Putinning asosiy maqsadi — Kiyev va butun Ukraina. U bizning mustaqilligimizni yöq qilişni istaydi”, — deya ta’kidladi Kliçko.
Kiyev merining sözlariga köra, şahar hokimiyati işini uning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan köp yillik siyosiy raqobati qiyinlaştirmoqda. Avvalroq davlat rahbari Kliçkoni poytaxtni sönggi ön yildagi eng sovuq qişga yetarliça tayyorlamaganlikda ayblagan. FT yozişiça, prezident pozitsiyasini 17 ta jamoat taşkiloti ham qöllab-quvvatlagan.
Kliçko intervyuda Zelenskiy bilan özaro yoqtirmaslik ança oldin — Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan avval ham mavjud bölganini tan olgan. Mer ta’kidlaşiça, ikki siyosatçi Kiyev ustidan nazorat uçun raqobat qilgan. Kliçko fikriça, prezident mahalliy özini özi boşqariş işlariga aralaşgan va uruş fonida Ukraina boşqaruvini desentralizatsiya qiliş islohotlarini sekinlaştiryapti.
Kliçko, şuningdek, Rossiya bilan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv tuzilmagunça va Ukraina işonçli xavfsizlik kafolatlarini olmagunça, yangi prezidentlik saylovlarini ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatlamasligini aytdi. “Uruş paytida siyosiy raqobat — yomon”, — deya xulosa qildi Kiyev meri.

















