Buxoroda 2ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda – u 1 million xonadonni tok bilan ta’minlaydi
Saudiya Arabistonining Acwa Power kompaniyasi Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyalari qurilishini boshladi. Stansiyalar qurilishi 2024 yilda yakunlanadi.

Foto: KUN.UZ
Energetika vazirligining xabar qilishicha, Buxoroning G‘ijduvon va Peshku tumanlarida quvvati jami 1000 MVtga teng bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishi boshlandi.
Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonining Acwa Power kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari kompaniyasi bilan 25 yillik shartnoma imzolagan.
Acwa Power Uzbekistan kompaniyasi direktori Baxtiyor Eshnayevning so‘zlariga ko‘ra, shamol elektr stansiyalarini moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari ko‘magida amalga oshiriladi.
“Buxoro viloyati shamol elektr stansiyalari uchun juda ma’qul joy hisoblanadi. Shuning uchun “Bash” va “Jankeldi” shamol elektr stansiyalari Buxoro viloyatida joylashadi. Buning afzalligi, shamol tun-u kun esib turadi va tun-u kun elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. 1 GVt (1000 MVt) quvvatga ega stansiyalar respublikada ishlab chiqarilayotgan 6,3 foiz elektr energiyasiga to‘g‘ri keladi”, – dedi u “O‘zbekiston 24” kanaliga bergan intervyusida.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, stansiyalar yiliga 3,6 milliard KVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi, buning natijasida (yiliga) 1,1 mlrd kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Shu bilan birga, shamol elektr stansiyalari 1 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroning ikki tumanida shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha prezident farmoni 2021 yilda imzolangan.
Unga ko‘ra, Acwa Power kompaniyasi investitsiya loyihalarini amalga oshirish butun davri mobaynida shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish, har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, jami dastlabki baholash bo‘yicha 650 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish majburiyatini olgan.
Avvalroq, 3ta fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari ma’lum qilingandi. U 2024 yilgacha Buxoro viloyatida 250 MV, Xitoyning GD Power-Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MV va Fransiyaning Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MV quvvatga ega fotoelektr stansiyalarini quradi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi
Jahon | 08:50
-
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Jahon | 08:34
-
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Jahon | 08:10
-
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda
Jahon | 07:50
Mavzuga oid

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

09:47 / 22.04.2025