Özbekistonda uçta quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça tender ğoliblari aniqlandi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Tanlov natijalariga köra:
- Masdar (BAA) kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha böyiça 3,044 sent taklif bilan;
- “GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha böyiça 4,828 sent taklif bilan;
- Voltalia SA (Fransiya) kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha böyiça 2,888 sent narxda yetkazib beriş taklifi bilan ğolib deb topildi.
Ğolib bölgan investorlar quyoş fotoelektr stansiyalarini loyihalaş, moliyalaştiriş, quriş, foydalaniş va texnik xizmat körsatiş bilan şuğullanadi.
Investorlar bilan davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisidagi bitimlarni 2023 yilning 1-çoragida imzolaş va quriliş işlarini 2023 yilning 4-çoragida boşlaş xamda 2024 yilning 4-çoragida uşbu stansiyalarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Tadbirda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bu loyiha Özbekiston hukumati tomonidan xususiy moliyalaştiriladigan va boşqariladigan qayta tiklanuvçi energetika loyihalarini rivojlantiriş orqali yaşil energiya işlab çiqarişni köpaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi ekanini qayd etgan.
«Şuningdek, bu mamlakatimizga aholi manfaatlari uçun energiya manbalari narxlarini pasaytiriş, qazib olinadigan yoqilğiga qaramligini kamaytiriş va energiya işlab çiqarişda atmosferaga zararli çiqindilarni kamaytiriş böyiça umumiy maqsadlarimizga erişişga xizmat qiladi», – degan Mirzamahmudov.
Moliya vaziri Temur Işmetov avvallari davlat budjeti yoki davlat qarzi hisobiga qurilayotgan elektr stansiyalar sönggi yillarda xususiy mablağlar hisobiga qurilayotganini aytgan.
2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida DXŞ tamoyillari asosida 14 mlrd dollarlik loyihalarni, jumladan energetika sohasida 3,2 mlrd dollarlik 9ta loyihalar amalga oşirilişi közda tutilgan. 2023 yilda yana ikkita loyiha – quyoş va şamol stansiyalari böyiça tenderlar yakunlanişi kutilmoqda»,

















