Sport | 20:10 / 30.03.2018
9397
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Bunyodkor» irodali g‘alaba evaziga peshqadam bo‘lib oldi

Foto: Pfcbuxoro

O‘zbekiston superligasining 4-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Toshkentning «Bunyodkor» klubi «Buxoro»ni qabul qildi.

Uchrashuvda avvaliga mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Marko Klisura gol muallifi bo‘ldi. Ammo ko‘p o‘tmay Javlon Ibrohimov farqni yo‘qqa chiqardi va jamoalar tanaffusga durang natija bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda Mirjalol Qosimov qilgan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. Avvaliga Xurishdi G‘iyosov o‘yin so‘ngida Filip Rayyevats tomonidan kiritilgan gollar «Bunyodkor»ga navbatdagi qiyin g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi va jamoa turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Buxoro» 6 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi.

O‘zbekiston superligasi
4-tur

«Bunyodkor» – «Buxoro» 3:1 (1:1)
Toshkent. «Bunyodkor» stadioni. 15421 tomoshabin
Gollar: Javlon Ibrohimov (43), Xurshid G‘iyosov (72), Filip Rayyevats (90+1) — Marko Klisura (37).

«Bunyodkor»: 32. Suhrob Sultonov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 6. Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzodbek Nurmatov (99. Filip Rayyevats, 65), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev (28. Davronbek Umirov, 80), 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (3. Islomjon Qobilov, 88).
«Buxoro»: 30. Asilbek Omonov, 3. Bobur Omonov, 5. Marko Klisura, 7. Arslanmurot Omonov, 8. Salamat Quttiboyev, 9. Nozim Umurov (27. Rabbimjon Hasanov, 46), 10. Shavkat Salomov, 11. San'at Shixov, 14. Bahodir Nasimov (22. Shahboz Erkinov, 70), 16. Artyom Filiposyan, 86. Aziz Ibragimov (55. Rahmatullo  Berdimurodov, 46).
Ogohlantirishlar: Nozim Umurov 5, Artyom Filiposyan 28, Akrom Komilov 37, Sardor Sobirxo‘jayev 58, Xurshid G‘iyosov 80
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Karimov (Toshkent).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov

Mavzuga oid