Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistondagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi hodisa sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi «Uz Bek Family» korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yong‘in yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
FVV xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.
Mavzuga oid
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
14:15 / 04.12.2025