O‘zbekiston | 14:00 / 24.10.2025
3179
1 daqiqa o‘qiladi

Yandex Go talab yuqori paytda xizmat haqining bir qismidan voz kechadi

Xizmatda talab keskin oshgan paytda, ya’ni safar narxi bazaviy tarifdan ikki barobar ortib ketganda, Yandex Go o‘z komissiyasining ma’lum qismidan voz kechadi. Narxni oshiruvchi koeffitsiyent haydovchilar soni buyurtma beruvchilar soniga nisbatan kamayib ketganda ishga tushadi.

Foto: Yandex Go

Bu yangilik haydovchilarni talab yuqori bo‘lgan vaqtlarda faolroq ishlashga rag‘batlantiradi. Natijada bozorda talab va taklif muvozanati tezroq barqarorlashadi, safar narxlari pasayishi, yo‘lovchilar esa taksini tezroq chaqirib, manziliga qisqa vaqt ichida yetib borishi mumkin bo‘ladi.

Haydovchilar uchun bunday yuqori talab belgilangan buyurtmalar kartochkada “Talab juda yuqori. Komissiya kamaytirilgan” degan binafsharang belgi ko‘rsatiladi.

Bazaviy buyurtma bahosiga tarif bo‘yicha safar narxi, pulli variantlar (masalan, bolalar kreslosi), pulli chaqirish, pulli kutish kabi xizmatlar kiradi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid