Bugungi kunda Yandex Go platformasida taksida yölovçi taşiş xizmatlari narxlarining oşişi kuzatilgan. Uşbu holat yuzasidan iste’molçilardan Raqobat qömitasiga murojaatlar kelib tuşgan.
Mazkur holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin özgariş kuzatilganligi aniqlangan.
“Raqobat töğrisida”gi qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xöjalik yurituvçi sub’yektning ustun mavqeini suiiste’mol qiliş, xususan monopol yuqori narx belgilaş taqiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Raqobat qömitasi “YandexGo UB” MÇJni taksida yölovçi taşiş xizmatlari narxlarini pasaytiriş böyiça çora köriş hamda platforma narx algoritmini qayta körib çiqişi böyiça ogohlantirdi.











