Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi
Yaqinlashayotgan davlat mustaqilligi bayrami kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident farmoniga asosan:
- 2 sentabr — juma, ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun;
- 3 sentabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
- 3-4 sentabr (shanba va yakshanba kunlari) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun odatdagi dam olish kunlaridir.
5 sentabr barcha uchun ish kuni bo‘ladi.
Shuningdek maktab, litsey, kollej va texnikumlar o‘quvchilari, shuningdek OTM talabalari uchun darslar ham 5 sentabr, dushanbadan boshlanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 05.12.2025
Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi?
18:23 / 21.08.2025
Mustaqillik bayramida qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
10:55 / 05.05.2025
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
18:36 / 08.01.2025