2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlari, ularning qöşnilari bayram va dam oliş kunlarining turli miqdori bilan taqvim tayyorladi. Tengrinews qaysi davlat eng köp «qizil» kunlar bilan «maqtanişi» va qaysi biri minimal dam oliş bilan qolişi mumkinligini hisoblab çiqdi (iş haftasi 5 kun deb hisobga olingan).

Qozoğiston

2025 yilda qozoğistonliklar 244 kun işlaydi va 121 kun dam oladi. Ular orasida eng uzoq dam oliş kunlari Navröz bayramiga töğri keladi: 21-25 mart. Fevral oyida qozoğistonliklar köproq işlaydi: 20 iş kuni va 8 dam oliş kuni.

Qirğiziston

2025 yilda qirğizistonliklar 247 kun işlaydi va 118 kun dam oladi. Bayram kunlari qatoriga 30 martga töğri kelişi kutilayotgan Röza hayiti va 6 iyunda bölişi kutilayotgan Qurbon hayiti ham kiritilgan.

Özbekiston

Özbekistonliklar bu yil 252 kun işlaydi va 113 kun dam oladi. Yilning eng uzun bayrami, xuddi Qozoğistonga öxşab Navröz bayrami kunlaridir.

Tojikiston

2025 yilda tojikistonliklar eng köp işlaydi (253 kun) va eng kam dam oladi (112 kun). Bunga mamlakat qonunçiligida belgilangan standart dam oliş kunlari, bayramlar va qöşimça işlamaydigan kunlar kiradi.

Turkmaniston

2025 yilda turkmanistonliklar 249 kun işlaydi va 116 kun dam oladi. Qurbon hayiti rasmiy bayram bölib, 3 kun - 6 iyundan 8 iyungaça nişonlanadi.

Boşqa qöşni davlatlarda vaziyat qanday?

Ozarboyjon

2025 yilda ozarboyjonliklar 239 kun işlaydi va 126 kun dam oladi. Ulardan 105 kun an’anaviy dam oliş kunlari bölib, 8 kun rasmiy bayramlarga töğri keladi.

Rossiya

Hukumat tomonidan tasdiqlangan taqvimga köra, 2025 yilda rossiyaliklar 247 kun işlaydi va 118 kun dam oladi.