Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“AQSh Venesuelani boshqaradi” – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida amalga oshirilgan operatsiya bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazmoqda.
Foto: Sky News
U matbuot anjumanida operatsiya tafsilotlari, Maduro va Venesuela kelajagi borasida qator bayonotlar berdi.
“Biz adolatni tikladik. Mening buyrug‘im bilan AQSh qurolli kuchlari Karakasda misli ko‘rilmagan harbiy operatsiya o‘tkazdi”, dedi Tramp.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Maduro tongga yaqin qo‘lga olingan.
“Biz Maduroni zulmatda qo‘lga oldik, Karakasda elektr o‘chirib qo‘yilgandi. U va uning xotini Amerika adolati bilan yuzlashadi”, dedi AQSh yetakchisi.
U operatsiya ideal tarzda o‘tkazilganini ta’kidladi.
“Yarim tun bolg‘asi” operatsiyasi ideal o‘tdi. Bunday operatsiya Ikkinchi jahon urushi davridan buyon bo‘lmagandi. Biz mamlakatimiz tarixida muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan shunday reydlarni ko‘rganmiz. Afg‘onistondagi vaziyatni yoki Jimmi Karter (1970-yillardagi AQSh prezidenti) davrini eslang”, dedi Tramp.
“Hokimiyat xavfsiz, munosib va oqilona tarzda boshqa qo‘lga o‘tguniga qadar AQSh Venesuelani boshqaradi”, deb ta’kidladi u.