Jamiyat | 17:22 / 17.10.2024
3314
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi 

Avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi jami 6,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy boshqarmasi va “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand tumanida joylashgan “D.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining manifold qurilmasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 6,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Qayd etilishicha mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mavzuga oid