Qoraqalpoğistonda metan zapravkalarga vaqtinça çeklovlar joriy etilmoqda, deb xabar berdi Hududgaz Qoraqalpogʻiston gaz ta’minoti filiali.

Hududda havo harorati keskin pasayişi natijasida magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi tuşişi kuzatilayotgani, şu sababli birinçi navbatda yakka tartibdagi uy xöjaliklari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarni barqaror gaz bilan ta’minlaş ustuvor vazifa etib belgilangani qayd etilgan.

Şu munosabat bilan respublikada faoliyat yuritayotgan metan zapravkalariga bosqiçma-bosqiç vaqtinça çeklovlar joriy etilmoqda. Mavjud holat 3−4 kun içida ijobiy tomonga hal etilişi kutilmoqda.

  • UPD: Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida bosim bir me’yorda bölib, barça hududlardagi, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi metan zapravkalar ham uzluksiz faoliyat yuritişi haqida ma’lum qildi.

Özbekistonda sönggi yillarda havo harorati pasayişi ortidan metan zapravkalar faoliyatiga qisman yoki töliq çeklovlar joriy etilişi odatiy holatga aylandi. Bunday davrda birinçi navbatda aholi, tibbiyot va ta’lim muassasalari, jamoat transportini gaz bilan ta’minlaşga e’tibor qaratiladi.

Joriy yil 11 fevraldan Özbekistonning barça hududlarida, şu jumladan, Farğona vodiysi viloyatlarida metan zapravkalar (metan zapravkalar) bosqiçma-bosqiç odatdagi iş rejimiga qaytişni boşladi.

«Özgidromet» 26 fevraldan 1 martgaça bölgan kunlar oraliğida Qoraqalpoğistonda havo özgaruvçan bölişi, havo harorati şimolda –2…+3 darajagaça pasayişini prongnoz qilgan.