Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin
Hukumat qaroriga ko‘ra, bundan buyon vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi.

Foto: O‘zA
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.
Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga beriladi.
Bundan tashqari, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Xalq ta’limi vazirligining (hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) yuridik shaxs bo‘lmagan vazir jamg‘armasi tashkil etilgandi. Vazir jamg‘armasi mablag‘lari malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama to‘lash, ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotlarini to‘lash kabi maqsadlarga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

16:36 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi

16:45 / 13.01.2025
50 foizlik ustama o‘zbek tili o‘qituvchilariga berilmaydi – ustozlar buni “adolatsizlik” deb atayapti

12:17 / 05.01.2025
Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi

15:02 / 25.12.2024