Import avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqartiriladi - UzTest
Piskent avtopoligonida uzoq muddatli elektron navbatlar paydo bo‘la boshlagani fonida tizimga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Xususan, bitta JShShIRga faqat bitta navbat beriladi. Shuningdek, sinov laboratoriya xodimlarining sonini ko‘paytirgan holda sinov vaqtini 15 daqiqa qilib belgilash rejalashtirilyapti.

Piskent avtopoligonida import avtomobillar sinovi uchun uzoq muddatli elektron navbat paydo bo‘la boshlagani xabar qilingandi. UzTest ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«Har bir avtotransport vositasining sinoviga 20 daqiqa ajratilgan bo‘lib, sinov laboratoriya imkoniyatidan kelib chiqqan holda har kuni 24 soat mobaynida jami 72 ta avtotransport vositasini sinovdan o‘tkazish sharoiti mavjud.
Elektron navbat tizimida JShShIR bo‘yicha faqatgina bitta navbat olinishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo avtotransport vositalari egalari elektron navbatni boshqa vaqt va kunlarga ham olish funksiyalaridan foydalanishni boshlagan.
Misol tariqasida: JShShIR 01234567891011 (o‘zgartirilgan) bo‘yicha joriy yil 22 yanvar soat 00:00 ga va 18:00 ga hamda 23 yanvar soat 12:00 ga bir xil avtotransport vositasiga (ZEEKR 001, VIN: L6T79ZCE3RP166454) navbat olingan. Oqibatda elektron navbat olish tizimida navbat olish ro‘yxati belgilangan hajmdan oshib ketib, olib borilayotgan elektron navbat ketma-ketligi buzilgan», deyiladi xabarda.
Kelib chiqqan vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida elektron navbat olish tizimi qayta ko‘rib chiqilib, quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:
- bitta JShShIRga tizimda faqat bitta navbat berilishi joriy qilindi (olingan elektron navbat foydalanilguncha);
- foydalanilmagan elektron navbatni tizimdan avtomatik ravishda o‘chirib tashlash;
- sinov laboratoriya xodimlarining sonini ko‘paytirgan holda sinov vaqtini 15 daqiqa qilib belgilash (bir kunda 96 ta avtotransport vositasi sinovdan o‘tkaziladi).
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

11:55 / 26.04.2025
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?

07:51 / 25.04.2025
Texinspeksiya «Dubay shokoladi»da xavfli bakteriyalarni aniqladi

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

23:21 / 19.04.2025