Hujjatga köra, bino va inşootlarning texnik holatini örganiş va laboratoriya sinov işlari qiymatini hisoblaşning yagona mexanizmini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Uşbu işlar buyurtmaçi bilan tuzilgan şartnoma asosida va qonunçilikda belgilangan hollarda amalga oşiriladi.

Loyihaga muvofiq, texnik holatni örganiş işlari vizual va instrumental körik orqali olib boriladi. Bunda bino va inşootlarning loyiha hujjatlariga mosligi, konstruktiv yeçimlari, ölçamlari, yuk kötaruvçi elementlari, antiseysmik çoralari, şikastlaniş va deformatsiya holatlari aniqlanadi. Şuningdek, ölçov işlari ötkazilib, olingan namunalar laboratoriyada sinovdan ötkaziladi hamda natijalar asosida obektning texnik holati baholanadi.

Texnik körik işlari qiymati bino yoki inşoot hajmi, işlarni bajarişga sarflanadigan vaqt, tegişli koeffitsiyentlar va bir soatlik iş qiymati asosida hisoblanadi. Laboratoriya sinovlari narxi esa iş turi, sinov ötkazişga ketadigan örtaça vaqt va laboratoriya işlarining soatlik qiymatidan kelib çiqqan holda aniqlanadi.

Şuningdek, hududiy nazorat qiliş inspeksiyalari mazkur işlar böyiça narxlar kalkulyatsiyasini işlab çiqişi va tasdiqlaşi belgilanmoqda.

Nizom talablari buzilgan taqdirda aybdor şaxslar qonunçilikka muvofiq javobgar bölişi nazarda tutilgan.