Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi hukumat komissiyasining tadbirkorlar bilan navbatdagi oçiq muloqoti 14 fevral kuni bölib ötdi. Unda meva-sabzavoti va oziq-ovqat eksportçilarining murojaatlari tinglandi.

Muloqotda Samarqand viloyatidagi “Tina Agro Narpay” MÇJ ta’sisçisi Ahror Abdujalilov söz olib, Özbekiston dengizdan uzoqda joylaşgani uçun mahalliy işlab çiqaruvçilar xorijiy bozorlarda raqobat qilişga qiynalayotgani, çunki transport xarajatlari qimmatligini aytib, transport subsidiyalarini ajratişni söradi.

Jamşid Xöjayev bunday çora Jahon savdo taşkiloti qoidalariga zidligini eslatib, hukumat qöllab-quvvatlaşning boşqaça yöllarini izlayotganini aytdi.

“Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonida. Boşqa eksportyorlarimizga ham bitta narsani eslatib qöymoqçiman: eksport jarayonida transport xarajatlarini töğridan töğri davlat tomonidan qoplab beriş – JSTdagi haqqoniy raqobat qonun-qoidalariga umuman zid. Şuning uçun, prezidentimiz topşiriq berganlar, qaror loyihasi: nafaqat eksportçilarga, umuman işlab çiqaruvçilarga, ayniqsa oziq-ovqat işlab çiqaruvçilarga qöllab-quvvatlaş mexanizmlari tayyorlanmoqda.

Bunda siz aytayotgan transport xarajatlari emas, boşqa qonuniy, [JST qoidalariga] töğri keladigan yöllar bilan qöllab-quvvatlaş masalasi körib çiqilmoqda.

Men töğri tuşunişinglarni iltimos qilaman: boşqa davlatlardagi tariflarni, tösiqlarni olib taşlaşni bizdan söraysizlar, lekin bu tösiqlarni olişning eng oson, eng töğri yöli – JSTga qöşiliş”.

Xöjayev sözining yakunida işlab çiqaruvçilarga va’da berdi:

“Hurmatli işlab çiqaruvçilarimiz, kutib turinglar, biz boşqaça qöllab-quvvatlov yöllarini albatta joriy etamiz”.

Eslatib ötamiz, Özbekiston JSTga a’zo böliş yölida eksportyorlarga transport xarajatlarini qisman qoplab berişga oid imtiyozlarni 2025 yil 1 yanvardan bekor qilgan.