O‘zbekiston | 09:14 / 16.02.2018
11244
1 daqiqa o‘qiladi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi

Foto: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti esa Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoniga institutlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazishdagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda shtatlar birligini kamida ikki baravarga qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali tahririyati” DUKni tugatish haqidagi taklifi ma'qullandi.

Mavzuga oid