Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yangi do‘stlari haqida gapirib berdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyoga safari davomida ko‘plab yangi do‘stlar orttirganini aytdi. Tramp bu haqda Filippindan AQShga parvozi vaqtida muxbirlar bilan suhbatda ma'lum qildi.
“Bu ajoyib 12 kun bo‘ldi. Menga juda yoqdi. Eng yuqori darajadagi ko‘plab yangi do‘stlar orttirdim”, deb aytgan Tramp.
Uning aytishicha, “bu juda muvaffaqiyatli safar” bo‘ldi. U bu safarning natijalaridan biri sifatida 300 mlrd dollardan kam bo‘lmagan qiymatdagi amaliy kelishuvlar tuzilganini va bu qiymat yaqin orada 3 marta ko‘payishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
“Fikrimcha, mehnatlarimiz natijasi gap xalqlarimiz xavfsizligi, dunyoning tinchligi yoki savdo haqida ketadimi, aql bovar qilmas darajada bo‘ladi. Bu haqiqatan ham juda qimmatlidir”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Avvalroq Tramp 15 noyabrda Shimoliy Koreya bo‘yicha bayonot berishi va Osiyo bo‘ylab safari natijalariga yakun yasashini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:27 / 18.08.2025
Bishkekda “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati yakunlandi
11:42 / 16.08.2025
Qirg‘izistonda «Zakovat» bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati boshlandi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
12:15 / 24.10.2024