Miopiya – uzoqni köra olmaslik kasalligining tibbiy nomi. 2020 yilda qariyb 2,6 milliard kişi uzoqni köra olmasligi aniqlangan. Bu raqam 2030 yilgaça 3,4 milliardga yetişi mumkin. Britaniyaning Oftalmologiya jurnalida (BJO) çop etilgan tadqiqotda ayni damda dunyodagi bolalar va ösmirlarning uçdan biri miopiyadan aziyat çekayotgani körsatilgan.

20 yilda 3 barobar oşgan

Dastlab uzoqni köra olmaslik jiddiy muammo bölib körinmaydi va uni linza yoki közoynaklar bilan tuzatiş mumkin. Lekin miopiya körişning buzilişiga va körlikka olib borişi mumkin. Hozirgi trendlar miopiyaning darajasi ösib borayotganini körsatadi va bu «yuqori miopiya» deb nomlanadi. Bunda miopiya rivojlanib, katarakta, glaukoma darajasigaça boradi.

Miopiya bolalarda ertaroq boşlanyapti va yuqori miopiya bilan boğliq muammolarning paydo bölişiga olib kelyapti. Tadqiqotda 1990 yildan 2023 yilgaça bolalarda miopiya 3 barobar ortganini körsatadi va ösiş asosan pandemiyadan keyin yuqoriroq bölgan. Bu jamiyatlar uçun qimmatga tuşyapti. Miopiya har yili 200 milliard dollarlik xalqaro mahsuldorlikning yöqolişiga sabab bölyapti. Agar kasallik davolanmasa, bolalarning hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi va akademik özlaştirişini pastga tuşiradi.

Tadqiqotda aytilişiça, 2050 yilgaça Osiyoda uzoqni köra olmaydiganlar 69 foizga, rivojlanayotgan davlatlarda esa 40 foizga yetişi mumkin.

Içkarida köp vaqt ötkaziş

Miopiyaning ösişi genetikaga emas, ta’lim jarayonlari, ya’ni köp vaqtni yopiq eşiklar ortida ötkaziş bilan boğliq. Yoşingiz qançalik kattaroq bölsa, siz bolaligingizni köproq taşqarida ötkazgan bölasiz. Lekin XXI asrning aksar bolalari ota-onalarinikidan ança boşqaçaroq bolalikni boşdan ötkazişyapti. Çunki şaharlarda yaşaydigan aholi ösib boryapti va ota-onalar xavfsizlik yuzasidan bolalarini köproq içkarida tutib turişga majbur bölişadi.

Karantin davrida yoşlar köproq vaqtini uyda va ekranlar qarşisida ötkazdi, bu ayniqsa yoşlar orasida miopiyaning köpayişiga sabab böldi.

Singapur muammoni hammadan yaxşiroq tuşunyapti. Ularda uzoqni köra olmaslik darajasi yuqoriroq va bu muammoni hal qiliş uçun 2001 yildan beri bir qança tadqiqotlar olib boriladi. Masalan, bolalarni maktabdan oldin doimiy ravişda tekşirib boriş, bolalarga miopiyaning oldini oliş yoki keçiktiriş uçun taşqarida vaqt ötkaziş böyiça yöriqnomalar bor.