Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu BMTda hushtakbozlikka uchradi
Uning nutqi boshlanishidan oldin o‘nlab delegatlar zalni tark etishga kirishdi. Yakunda Isroil bosh vaziri G‘azodagi genotsid bo‘yicha ayblovlarga raddiyasini deyarli bo‘sh zalda o‘qib berishiga to‘g‘ri keldi.
26 sentabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasi doirasida nutq so‘zlash uchun kelganida noqulay ahvolga tushib qoldi.
U minbarga kelib, nutqini boshlashga tayyorlanayotganida qarsaklarni e’tirozli hayqiriqlar va hushtakbozliklar bosib ketdi. Ko‘plab delegatsiyalar a’zolari o‘rnidan turib, zalni tark eta boshladi. Eron delegatsiyasi vakillari esa o‘z o‘rnida Isroilning havo zarbalari oqibatida halok bo‘lgan eronliklarning suratlarini qoldirgan.

Shu bilan birga, Isroil bosh vazirini qo‘llab-quvvatlash uchun qarsak chalganlar ham bo‘lgan.
Natijada Netanyahu G‘azodagi genotsid bo‘yicha ayblovlarga raddiyasini deyarli bo‘shab qolgan zalga qarata o‘qib berishiga to‘g‘ri kelgan.
U o‘z nutqida falastinliklar qasddan och qoldirilgani haqidagi ayblovlarga javoban, Isroil go‘yoki G‘azoga ikki million tonnadan ortiq oziq-ovqat yuborganini, agar odamlar och qolayotgan bo‘lsa, bu Hamas oziq-ovqatni o‘g‘irlab, sotib yuborayotgani tufayli ekanini iddao qilgan.
Shuningdek, Isroil harbiylari hujum qilishdan oldin tinch aholiga ogohlantirish yuborishi va tinch aholi orasida qurbonlar soni imkon qadar kam bo‘lishiga harakat qilishini qayd etgan.
U G‘arb davlatlari Falastinni tan ola boshlaganini qoralab, bu «terrorchilarni rag‘batlantiruvchi» qadam bo‘lishi va zo‘ravonlikni faqat kuchaytirishini ta’kidlagan.
Qolaversa, Suriyaning yangi hukumati bilan yarashish uchun muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqlab, Livan hukumatini ham muzokaralarga chorlagan.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
15:41 / 20.12.2025
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi
12:15 / 19.12.2025
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
17:42 / 18.12.2025