BMT Boş assambleyasining taklifiga binoan 2000 yildan buyon har yili 18 dekabr Xalqaro migrantlar kuni sifatida nişonlanadi. 1990 yilning xuddi şu kunida «Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi xalqaro konvensiya qabul qilingandi. Özbekiston ham çetga mehnat muhojirlarini yöllaş böyiça yetakçi davlatlardan biri hisoblanadi. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, ayni paytda mamlakatdan xorijiy davlatlarga işlaş uçun çiqib ketganlar soni 1,8 mlndan köproq.
Migrantlarning Özbekiston iqtisodiyotidagi örni
Mehnat migrantlari yuborgan pullar uzoq yillardan beri Özbekiston iqtisodiyotida muhim örin tutib keladi va aholi turmuş xarajatlarining sezilarli qismini qoplaydi. Xususan, 2024 yilda mamlakatga 14,8 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kirib kelgan. Bu yalpi içki mahsulotning 12,2 foizdan köproq qismini taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili Özbekiston eksport qilgan oltinning umumiy qiymati 7,5 mlrd dollar bölgan.
2017-2025 yillar oraliğida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari dinamikasining özgarişi

*2025 yil uçun ma’lumotlar kutilayotgan prognoz körinişida berilgan;
P.S: 2022 yilda Rossiya-Ukraina uruşi fonida Qirğiziston va Tojikistonda ma’lum miqdorda naqd valuta taqçilligi yuzaga kelib, banklarda ayrim çeklovlar joriy etilgandi. Bunday şaroitda mazkur davlat fuqarolari Özbekistonga valuta ötkazib, mamlakat banklari orqali naqd pul olib çiqib ketgani aytiladi. Şu sababdan 2022 yilda pul ötkazmalarining favqulodda keskin oşişi röy bergan bölişi mumkin.
Pul ötkazmalari köpinça iste’mol xarajatlarini qoplaş, ta’lim, soğliqni saqlaş va uy-joy oliş kabi sohalarga sarflanadi, bu esa içki talabni oşiradi va iqtisodiy ösişni rağbatlantiradi. Bundan taşqari, mamlakat valuta ehtiyojining sezilarli qismi migrantlar jönatgan pul hisobidan qondiriladi.
Ayrim hududlarda migratsiya oqimi daromadlar, işsizlik böyiça farqlanişning pasayişiga yordam beradi. Avvalroq iqtisodçi Mirkomil Xolboyev aholi daromadlari böyiça 9 oylik rasmiy statistikaga asoslanib hisob-kitob yuritgan va şunday xulosaga kelgan edi












