Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WADA: Rossiyada ijobiy doping-namunalarini yashirish bo‘yicha keng qamrovli tizim bo‘lgan
Foto: Reuters
Butunjahon dopingga qarshi agentlikning mustaqil surishtiruvi mingdan ortiq rossiyalik sportchilar sportning 30 turida doping qabul qilish bilan u yoki bu darajada bog‘liqligi yoki ijobiy namunalarni yashirganini ko‘rsatib berdi. Bu haqda yurist Richard Maklarenning hisobotida aytiladi. U dopingdagi suiiste'mol haqida tadqiqot bilan shug‘ullangan.
WADA’ning mustaqil komissiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada sportchilar tomonidan doping qabul qilinishini yashirish holatlari keng qamrovli ravishda yuz bergan.
Sportning yozgi, qishki va paralimpiya turlarida ishtirok etgan mingdan ziyod rossiyalik atletlar doping-namunalarning ijobiy natijalarini yashirish uchun hiyla-nayrangda ishtirok etgan yoki undan naf ko‘rgan, deb aniqlanishi mumkin.
Yurist hisoboti o‘z ichiga 2011-2015 yildagi davrni qamrab olgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada bu yillar mobaynida ijobiy doping-namunalarni yashirish bo‘yicha keng qamrovli tizim bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
19:15 / 10.11.2025
XOQ transgenderlar Olimpiadada ayollar bilan bellashishini taqiqlamoqchi
14:07 / 27.10.2025
Myunxenliklar shaharda Olimpiada o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi
12:15 / 04.10.2025