Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari Toshkentni dezinfeksiya qilishga kirishdi
28 martdan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epedimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotidan maqsad respublikadagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi, salomatligini ta'minlashdir.

"Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli usukunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Ta'kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda", - deyiladi xabarda.

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida harbiylar Yunusobod, Eski Jo‘va, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.




Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025