Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi uch egizak - Islomjon, Abdug‘ani va Karimjonlarni yo‘qladi
Saytimiz orqali ikki hafta oldin Shahrixon tumani Tumor mahallasida istiqomat qiluvchi Qoraboyevlar xonadonida tug‘ilgan uch egizak – Islomjon, Abdug‘ani va Karimjonlar haqida maqola bergan edik.
Olti oylik bolakaylar ancha ulg‘ayib qolishgan va durkun katta bo‘lishmoqda. Ularga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan alohida oila shifokori va hamshira ajratilgan bo‘lib, chaqaloqlar doimiy nazoratda. Shifokorlar muntazam ravishda chaqaloqlarning har tomonlama sog‘-salomat ulg‘ayishlari uchun ko‘rikdan o‘tkazib turishadi.
Yurtimizning birinchi prezidenti tavallud kuni oldidan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov marhum yurtboshimiz ismi-shariflariga atab ism qo‘yilgan uch chaqaloqlarni yo‘qlab bordi.

- Viloyat, tuman hokimligi va mahalla ahli tomonidan berilayotgan katta e'tibordan juda xursandmiz, - deydi chaqaloqlarning onasi Fotimaxon. –Shifokorlar ham har kuni xabar olishadi. Akalari - Mashhurbek, Samandar, Iskandar va Mansurbeklar ham darsdan bo‘sh vaqtlarida uch beshikni tebratib, uy yumushlarimga yordam berishyapti. Ming shukrki, farzandlarim obod va ozod yurtda dunyoga keldi. Davlatimizning butun dunyo havas qilgudek yutuqlarga erishishida Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mehnatlari beqiyos. Nasib qilsa yetti o‘g‘limiz u kishi orzu qilganidek alpqomat, vatan kelajagiga o‘z hissasini qo‘shadigan ilm va hunarda hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar bo‘lib yetishishadi.

Elmurod Ermatov, Andijondan Kun.uz sayti uchun maxsus
Mavzuga oid
13:48 / 17.10.2025
Blefaroplastika: qovoqlarni kesish amaliyoti qanchalik xavfsiz? Shifokor tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
17:44 / 19.10.2022
Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li 57 yoshli shifokorni do‘pposladi
14:15 / 02.11.2019