Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
Mamlakatda har haftaning payshanba kuni vazirliklar, idoralar va hokimliklarda «Yoshlar kuni» o‘tkazilishi belgilandi. Bu kunda sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga chiqib, yoshlarning murojaat va muammolarini tinglab, yechim topishi kerak bo‘ladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yangi tartibga ko‘ra, «Yoshlar kuni»da soha rahbarlari joylarga borib, yoshlar bilan bevosita muloqot qiladi hamda ularni qiynayotgan masalalarni hal etish choralarini ko‘radi.
Qayd etilishicha, hokimlar yoshlarga mos savdo-servis loyihalarini amalga oshiradi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganishi, ishga joylashishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida mablag‘ va grantlar ajratilishi belgilangan.
Bundan tashqari, eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa yo‘nalishlarda faol yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar hamda yarmarkalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026
Qishloq xo‘jaligida raqamli platformalar va sun’iy intellekt yechimlari joriy etiladi
22:10 / 23.02.2026