Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin O‘zbekistondan jo‘nab ketdi
Tashrif reja qilinganidan bir kun ko‘proq davom etdi. Davlat rahbarlarining muloqoti 28 mayga o‘tar kechasi taxminan tong soat 3 gacha davom etgan, Shavkat Mirziyoyev mehmonni o‘z yashash xonadoniga taklif qilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkent xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi. Uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Shu tariqa, 26-27 mayga reja qilingan tashrif bir kunga uzayib, 28 may kuni yakunlandi.


Kreml so‘zchisi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev va Putin o‘rtasidagi muloqot 28 mayga o‘tar kechasi taxminan tong soat 3 gacha davom etgan.
“Bilishimcha, ikkalalari kechasi taxminan soat 3 gacha gaplashishdi. Chunonchi, O‘zbekiston prezidenti [Rossiya] prezident[i]ni o‘zi yashaydigan uyga taklif qildi. Bu – mutlaq ishonch asosidagi muloqot, haqiqiy va shaxsiy do‘stlik”, dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari 28 may kuni birgalikda “yarimshaxsiy, yarimrasmiy nonushta” qilishgan.
Tashrif reja qilinganidan uzoqroq davom etgani ikki tomonlama munosabatlarning ko‘lami bilan bog‘liq, dedi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid
13:48
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026