Jahon | 14:01 / 22.10.2016
5564
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR BMT XKning rezolyutsiyasini noqonuniy deb baholadi

Foto: RIA

KXDR hukumati BMT Xavfsizlik kengashining ushbu mamlakatga qarshi qabul qilgan sanksiyali rezolyutsiyasini noqonuniy deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi KXDRning BMTdagi doimiy vakili xabariga asoslangan holda ma'lum qilmoqda

«KXDRga qarshi qaratilgan va XK tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya noqonuniy va g‘arazli hujjatlar hisoblanib, Qo‘shma Shtatlar tomonidan uyushtirilgan hamda BMT nizomi va boshqa xalqaro me'yorlarni buzadi», — deyiladi bayonotda. 

Ta'kidlanishicha, rasmiy Pxenyan BMT kotibiyatiga murojaat qilib, «BMT XK tomonidan KXDRga nisbatan qabul qilingan rezolyutsiyaning huquqiy asosini aniqlashni so‘ragan».

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid