16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi
2025 yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi.
O‘zbekistonda yil yakunigacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda Shaharsozlik normalari va qoidalarining 38 tasi ro‘yxatdan o‘tmagan, yana 13 tasi yangilanmagani ta’kidlandi.
Shu bois quruvchilar zamonaviy obekt qurishda loyihaga maxsus texnik shart olish uchun qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflamoqda, bu esa tannarxga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolib ketmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Qurilish va Adliya vazirliklariga bir oyda 38 ta Shaharsozlik normalari va qoidalarini ro‘yxatdan o‘tkazib, amaliyotga joriy qilish, 1 martga qadar 16 qavatdan yuqori binolar, savdo kompleksi va parkinglar bo‘yicha milliy normalarni hamda yana 13 ta Shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
13:48 / 25.01.2019
Tashqi ishlar vazirligi qoshida yangi byuro tuziladi
10:01 / 19.07.2017
Elektr energiyasi va gazdan qarzdor bo‘lganlarni tarmoqdan uzish boshlandi
09:43 / 19.07.2017
Yangi byuro direktori: To‘lov intizomining yomonlashuviga sohada faoliyat yuritgan mas'ul shaxslar “hissa” qo‘shgan
16:43 / 01.07.2017